Daǵazalar

“Mard oʻgʻlon”lar saralanmoqda!


“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy hamda huquqni muhofaza qilish sohalarida mehnat qilib yurtimiz ravnaqiga munosib xissasini qoʻshib kelayotgan, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlar taqdirlanadi.

Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini qabul qilish tuman, shahar bosqichi (yanvar-fevral), hududiy bosqichi (mart-aprel) oylari boʻlib oʻtadi

Talabgorlar:

– tanlagan soha yoki yoʻnalishlari boʻyicha respublika va halqaro miqyosdagi tanlov, musobaqa va boshqa loyihalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan boʻlishi;

– faoliyat koʻrsatayotgan sohada yangilik yaratgan, innovatsion gʻoyalarni va yangi texnologiyalarni ishlab chiqqan va amaliyotga joriy etgan, oʻqishda va xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan hamda mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish, davlat va jamiyat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida alohida yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim.

Davlat mukofoti sovrindorlari roʻyxati ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Sovrindorlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, koʻkrak nishoni hamda mukofotlanganlik haqidagi diplom bilan taqdirlanadilar.

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlari oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura bosqichiga imtixonlarsiz davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimi har yili “Yoshlar kuni” arafasida boʻlib oʻtadi.

Batafsil maʼlumotlar:Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining www.yi.uz sayti hamda (71) 241-08-94 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Shoshiling Siz yurtimizning eng mard oʻgʻloni boʻlishingiz mumkin!